"Barselona"ga qarshi bahsda jarohat olgan "Liverpul" futbolchisi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
2 may 2019
"Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida sonidan jarohat olgan. "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan o'yin 3:0 hisobida yakunlangan edi.

Xavbekning safga qaytish muddati aniq emas, biroq taxminlarga ko'ra, uning tiklanishiga bir necha hafta kerak bo'ladi.

Keyta joriy mavsum APLning 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo