"Barselona"dan tarixiy antirekord

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
Kataloniyaliklar ko'p gol urgan holda g'alaba qozonmay qo'yishdi.

"Barselona" 20 uchrashuvdan buyon 1 tadan ortiq gol farqi bilan g'alaba qozona olmayapti. Bu klub tarixida birinchi marta sodir bo'ldi.

Kataloniyaliklar so'nggi bor 19 sentyabr kuni YCHLda "Antverpen"ni 5:0 hisobida mag'lub etishdi.

"Barselona" Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasidagi so'nggi uchrashuvida 4-liga vakili "Barbastro"ni 3:2 hisobida engdi. Kataloniyaliklar navbatdagi o'yinini 11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Osasuna"ga qarshi o'tkazishadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN