"Barselona" "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
2 apr 2021, 22:30
"Barselona" himoyachi Matteys De Ligtni "Yuventus"dan sotib olmoqchi.

"El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta agent Mino Rayolaning Kataloniyaga safari chog'ida ushbu transferni ham muhokama qilgan.

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" 21 yoshli futbolchi "Ayaks"da o'ynab yurgan paytidayoq tarkibga qo'shib olishni rejalashtirgandi.

Ammo keyinchalik futbolchi "Yuventus"ga o'tib ketgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV