“Barselona“ yana bir TOP futbolchi uchun kurashda engildi

Khoja
14 iyul 2025
“Barselona“ Luis Dias transferi uchun kurashdan chiqdi.

Jamoa “Liverpul“ istayotgan summani berishni istamadi. Angliya jamoasi 28 yoshli futbolchini Kataloniya klubiga emas “Bavariya“ga sotishga qaror qildi. Nemis jamoasi hujumkor yarim himoyachi uchun 70-80 million evro atrofida to'laydi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona“ uzoq muddat qiziqqan Niko Uilyams ham “Atletik“ bilan yangi 10 yillik shartnoma imzolab yuborgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com