"Barselona" Xavi boshchiligida ilk marotaba ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2022
"Barselona" Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Linares Deportivo"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Kataloniyaliklar bu orqali mag'lubiyatsiz seriyani beshta o'yinga etkazishdi - uchta g'alaba va ikkita durang. 

Jamoa shuningdek, Xavi bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng ilk marotaba ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozona oldi. 

"Barsa" 2 yanvar kuni La Liganing 19-turi doirasida "Malorka"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru