“Barselona” xavbeki mashg'ulotlarga qaytdi. U 2-3 haftaga safdan chiqqani aytilgandi

Eldor Akmurzayev
2 mar 2021
Kataloniyaliklar a'zosi Pedri bugun jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etdi, deya xabar beradi Diario Sport.

18 yoshli futbolchi bir necha kun oldin mushaklaridan jarohat olgan va 2-3 haftani lazaretda o'tkazishi aytilgandi.

Pedri joriy mavsum La Ligada 25 o'yinda qatnashib, 2 tadan gol va pasni o'z hisobiga yozdirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport