"Barselona" vingeri: "Flik jamoani qanday qilib birlashtirish va salohiyatimizni ochishni biladi"

Sherzod Nurmatov
10 may 2025
"Barselona"ning o'ng qanot vingeri Ferran Torres jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Flik mashg'ulotlarda doim biz bilan birga, hol-ahvolimizni so'raydi, videolar ko'rsatadi. U guruhni qanday qilib birlashtirish, taranglikni bartaraf etish va motivaciya berishni biladi. U bizda bor salohiyatni ochishni biladi", – dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 11 may kuni "Real"ga qarshi bahs olib boradi. "El Klasiko" Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com