"Barselona" Verratti uchun 65 mln. evro va Rakitich taklif qildi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2017
"Barselona" PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini xarid qilish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Bu safar Kataloniya klubi transferga o'z xavbeki Ivan Rakitichni qo'shdi. Ma'lumotlarga ko'ra, ispan grandi parijliklarga Verratti uchun 65 mln. evro va Rakitichni taklif qildi.

Xorvatiyalik futbolchi hamda fransiyaliklar ustozi Unai Emeri o'rtasida munosabatlar iliq. Ular "Sevilya"da birga ishlashgan. Rakitich hozirgacha klubini o'zgartirmoqchi emasligini aytib kelgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato