"Barselona" va "Manchester Yunayted" germaniyalik futbolchi uchun kurashadi

Alisher
27 fev 2020
"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya va ingliz klubi rahbariyati "Leyptsig"ga futbolchi borasida taklif yuborishgan, ammo Verner "Liverpul"dan taklif kutmoqda.

Vernerning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Timo joriy mavsum "Leyptsig" libosida Bundesligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic