"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi "Lion" bosh murabbiyiga aylandi

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 13:13
"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Silvino "Lion"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. U mavsum yakunlanganidan keyin Bruno Jenezioning o'rnini egallaydi. Silvino 2016 yildan buyon Braziliya termasi murabbiylar shtabida ishlamoqda.

Shuningdek, "Lion"ning sobiq futbolchisi Junino Pernambukano klub sport direktori sifatida ish boshlaydi.

Ushbu mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida "Lion" 3-o'rinni egallab, YCHL saralash bosqichini o'ziga naqd qilib ulgurdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football