"Barselona" va "Chelsi" Liga 1 to'purari bilan shartnoma imzolamoqchi

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022
"Barselona" va "Chelsi" tarkibini "Monako" futbolchisi Ben-Yeder bilan birga Liga 1'ning eng yaxshi to'purari bo'lib turgan "Lill" hujumchisi Jonaton Devid bilan kuchaytirmoqchi.

O'yinchining "Lill" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomasi mavjud, ammo ma'lumotlarga ko'ra, Devid kelasi yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.

Shuningdek, futbolchiga "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Real Madrid" kabi klublar qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Devid Fransiya chempionatida 21 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi. O'tgan yili futbolchi jamoasi bilan birga mamlkat chempionligini qo'lga kiritgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TSN