"Barselona" va "Atletiko" sobiq o'yinchisi A Seriya klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
23 okt 2019
Italiyaning "Jenoa" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, jamoaga 37 yoshli Tyago Motta bosh murabbiy etib tayinlangan. Bitim shartlari oshkor qilinmayapti.

Motta 2018 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va 2019 yilda PSJning 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar jamoasiga murabbiy etib tayinlangandi.

Motta faoliyati davomida PSJdan tashqari "Barselona", "Atletiko", "Jenoa" va "Inter" jamoalarida o'ynagan.

Sobiq o'yinchi 2011-2016 yillar davomida Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/genoacfc