"Barselona" Umtitining narxini ma'lum qildi

Alisher
14 iyun 2021
"Barselona" himoyachi Samuel Umtiti bilan yozgi transfer oynasida xayrlashmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" 27 yoshli fransiyalik futbolchining sotuvidan 5-10 million evro ishlab olishmoqchi.

Samuel "Barselona"da 2016 yilning yozidan beri o'ynaydi. Himoyachining kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Umtiti o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca