Lamin Yamal YCHLdagi mag'lubiyatdan so'ng: "Barsa" qaytishi kerak bo'lgan joyga qaytadi, erkak kishi so'zida turadi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2026, 16:18
"Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamal jamoasining Chempionlar Ligasini tark etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib, muxlislarga vada berdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 1/4 finalda "Atletiko"ga imkoniyatni boy berishdi (umumiy hisob 2:3).

"Biz bor kuchimizni berdik, ammo bu etarli bo'lmadi. Bu yo'lning bir qismi xolos - yuqoriga chiqish uchun ko'tarilish kerak. Biz bu oson bo'lmasligini va hech kim ishimizni engillashtirmasligini bilamiz. Ammo taslim bo'lish - biz uchun variant emas.

Bizda ruhlanish uchun sabablar etarli va nima bo'lishidan qati nazar, o'z maqsadimiz sari boramiz. Har bir xato - bu dars, shubha qilmangki, biz ularning har biridan to'g'ri xulosa chiqaramiz.

Biz "Barsa"miz va qaytishimiz kerak bo'lgan joyga albatta qaytamiz. Ota-onam menga erkak kishi doimo so'zida turishi kerakligini o'rgatishgan. Va biz ushbu kubokni (YCHL sovrinini) Barselonaga olib kelamiz. "Barsa" mangu 💙❤️", - deb yozdi Yamal o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Ma'lumot uchun, Lamin Yamal javob bahsida gol urib, 19 yoshga to'lgunga qadar YCHLda eng ko'p gol urgan futbolchi sifatida Kilian Mbappening rekordini yangiladi. Biroq bu natija jamoasining keyingi bosqichga chiqishi uchun kifoya qilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.instagram.com/p/DXJdsddiNc_/?hl=en