"Barselona" U-17 JCHda "kumush butsa"ni qo'lga kiritgan afrikalik iqtidor bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2024
Yanvar oyida "Barselona"da ko'rikdan o'tish uchun taklif qilingan 17 yoshli Ibrohim Diarra murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirdi.

Yosh malilik umidlarni oqladi va u haqidagi sharhlar ijobiy, deya xabar berdi "Footmercato"



U sinov muddatini muvaffaqiyatli yakunladi va "Barselona" uni imkon qadar tezroq jamoaga jalb qilish yo'llarini qidirmoqda.

Maliga qaytib ketgan hujumchi Yevropa Ittifoqi qoidalariga ko'ra, voyaga etguniga qadar "Barselona"da o'ynay olmaydi. Biroq "Barsa" Diarraga yozda Kataloniya klubiga o'tishga ruxsat beruvchi mamuriy qarorlarni ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Diarra Mali U-17 termasi bilan JCHda qatnashib, 3-o'rinni qo'lga kiritgandi. U mundial 1-turida O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ham qatnashgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato