"Barselona" tovon puli 40 mln evro bo'lgan braziliyalik himoyachiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
23 mar 2020, 11:26
"Portu"ning chap qanot himoyachisi Aleks Telles "Barselona" diqqatini tortdi.

Kataloniyaliklar 27 yoshli braziliyalikni mavsum yakunlanganidan so'ng Italiya pasporti bilan qo'lga kiritish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda va o'yinchining yaqinlari bilan aloqaga chiqilgan.

Telles "ajdarlar" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. Uning hozirgi kelishuvi 2021 yil iyunda nihoyachiga etadi. Tellesning toovn puli 40 mln evroni tashkil etadi.



Oldinroq, unga "Chelsi" qiziqayotgani xabar qilingandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es