"Barselona" Suaresning o'rniga APL yulduzini olib kelishi mumkin

Alisher
21 noya 2019
Londonning "Arsenal" jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Ispaniyaning top-klublari e'tiborida bo'lib turibdi.

Xabarlarga qaraganda, "Barselona" 30 yoshli gabonlik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Obameyang nomzodi jamoaning urugvaylik hujumchisi Luis Suares o'rniga ko'rilmoqda.

"Qizil iblislar" shuningdek "Inter" forvardi Lautaro Martinesga ham qiziqish bildirmoqda.

Obameyangning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum APLda 12ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca