"Barselona" sport direktorisiz qoldi, Puyol bu joyni egallashi mumkin

Alisher
17 noya 2021
"Barselona"da kadrlar revolyuciyasi davom etmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti ma'lumotiga ko'ra, Ramon Planes klub bilan hamkorlikni erta yakunlash borasida kelishuvga erishdi va o'z lavozimini rejalashtirilgan muddat (2022 yilning 30 iyuni)ga qadar tark etdi.

"Barselona" bayonotda Planesga o'z lavozimidagi ikki yillik ish uchun minnatdorchilik bildirdi.

Oldinroq OAVda bu joyni kataloniyaliklarning sobiq sardori Karles Puyol egallashi mumkinligi xabar qilingan edi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com