"Barselona" sport direktori Amor - Pikening yiqitilgani haqida: "Bu penalti edi"

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Barselona" direktori Gilermo Amor LaLiga 17-turi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida Jirer Pike bilan yuz bergan hodisa haqida gapirdi.

So'nggi daqiqalarda Pike "Sosedad" jarima maydonchasida paydo bo'ldi va u raqiblari tomonidan yiqitildi. Bosh hakam esa ushbu ko'pollikni ko'rmadi.

"Bu yaqqol penalti edi. Buni barcha ko'rdi", - dedi Amor.

Ushbu o'yinni Xaver Alberola Roxas boshqargandi. Oldinroq "Barselona" ushbu o'yindagi hakamlik yuzasidan shikoyat qilishi ma'lum qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal