"Barselona" sobiq prezidenti: "Yamal dunyoning eng yaxshi futbolchisi emas"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2025
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gasparning fikricha, Lamin Yamalni hozircha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bo'lmaydi.

"U dunyoning eng yaxshi o'yinchisi emas. O'tgan mavsumda ham bunday bo'lmagan. Lekin u eng yaxshi bo'lishi mumkin. Uni ilhomlantirish kimning vazifasi? Bu uning jamoadoshlari va murabbiyining ishi.

Agar Lamin to'liq tayyor bo'lmasa, unga biroz to'xtab turishi va o'ynamasligi yaxshiroq. Yamal faqat to'liq tayyor bo'lganida va hech qanday bahonasiz maydonga chiqishi kerak. Unga dam olish va to'liq tiklanish zarur", – dedi "Barselona"ning sobiq prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport