"Barselona" sobiq futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2021, 00:14
"Al Ahli" "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Paulino transferini e'lon qildi.

32 yoshli braziliyalik Saudiya Arabistoni klubi safiga erkin agent sifatida qo'shildi. U bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.

Xavbek Jidda jamoasiga o'tguniga qadar "Guanchjou Evergrand"da o'ynab kelayotgan edi. U o'tgan mavsumda 14 o'yinda 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, Paulino "Barselona"da 2017 yilning avgustidan 2019 yilning yanvariga qadar o'ynagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alahlifc.sa