

Futbolchilarning fikricha, ular tufayli Luis Enrike jamoani tark etishi va yangi murabbiy tayinlanishi ahmoqliq. Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" sardorlarining hech biri klub rahbariyati yoki murabbiyi qarorlariga ta’sir o'tkazishga harakat qilmagan. So'nggi paytlarda Messi, Suares va Neymar "Sevilya" ustozi Xorxe Sampaoli bilan shartnoma tuzishni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Luis Enrikening "Barselona" bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.



