“Barselona” “Real”ni tabrikladi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2022
Ispaniya Superkubogi finalida “Real” 2:0 hisobida “Atletik”ni engib, bosh sovrin egasiga aylandi.

“Barselona” esa madridliklarni ushbu titul bilan qutladi.

“Real”ni bosh sovrinni qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz”, deya tvit qoldirgan kataloniyaliklar sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti shogirdlari yarim finalda “Barsa”ni 3:2 hisobida taslim etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona