"Barselona" "Real"ga qarshi: "El Klasiko" sanasi va vaqti e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026
"Barselona" va "Real" o'rtasidagi La Liga ikkinchi davra o'yini may oyida bo'lib o'tadi.

Ispaniya futboli grandlari maydonga tushadigan aniq kun va vaqt e'lon qilindi.

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi to'qnashuv 10 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

"El Klasiko" Ispaniya chempionatining 35-turida o'tkaziladi. Bahs chempionlik uchun kurashda hal qiluvchi bo'lishi mumkin.

"Barselona" hozirda La Ligada 73 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Real" 4 ochko ortda bormoqda.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN