"Barselona" "Real Sosedad"ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
21 avg 2022
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad"ga qarshi La Liganing 2-tur doirasidagi o'yin qaydnomasini e'lon qildi.

La Liganing 2-turi o'yini uchun berilgan qaydnomaga kataloniyaliklarni tark etishi mumkin bo'lgan hujumchilar Memfis Depay va Per-Emerik Obameyang ham kiritilgan.

"Barselona" uchun hozircha La Ligada ro'yxatdan o'ta olmagan himoyachi Jyul Kunde o'yinni o'tkazib yubordi.

"Barsa" qaydnomasi: Ter Shtegen, Pike, Arauxo, Dembele, Pedri, Levandovski, Fati, Torres, Depay, Kristensen, Pyanich, Obameyang, Alba, Kessie, Roberto, de Yong, Rafinya, Garsiya, Penya, Balde, Gavi, Torre, Tenas.

"Sosedad" – "Barselona" uchrashuvi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbarcelona.com