"Barselona" "Real Sosedad" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023
"Ko'k-anorranglilar" Martin Subimendiga ko'z tikdi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad" tayanch yarim himoyachisi Martin Subimendi bilan shartnoma imzolamoqchi, deb xabar berdi Sport.es.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" kelasi yozda 24 yoshli Subimendini sotib olishni rejalashtirmoqda. Transfermarkt tomonidan 40 million evroga baholangan futbolchiga Angliyaning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Martin Subimendi joriy mavsum "Real Sosedad" libosida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es