"Barselona" "Real Sosedad" xavbekiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2024
Mikel Merino – "ko'k-anorranglilar" asosiy maqsadlaridan biri.

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merinoga qiziqyapti, deb xabar berdi "Diario Sport" muxbiri Toni Xuanmarti.

Xabar berishlaricha, "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli Merinoni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan. Klub sport direktori Deku ham yarim himoyachini qadrlaydi.

Mikel Merino joriy mavsum "Real Sosedad" libosida 45 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport