"Barselona", "Real Madrid", "Manchester Siti" va boshqa klublar AQSHdagi mavsumoldi o'yinlarda ishtirok etadi

Оқил Абдубарноев
20 mar 2024, 00:53
AQSHda bo'lib o'tadigan mavsumoldi o'yinlarida Yevropaning beshta yetakchi klubi ishtirok etadi.

27 iyuldan 6 avgustga qadar beshta jamoa Soccer Champions Tour doirasida oltita o'yin o'tkazadi.

"Barselona", "Real" va "Milan" uch, "Manchester Siti" ikki, "Chelsi" esa bir marotaba maydonga tushadi.

Uchrashuvlar Nyu-York, Orlando, Chikago, Nyu-Jersi, Baltimor va Sharlotta shaharlarida bo'lib o'tadi.

Rejalashtirilgan o'yinlar:

Manchester Siti – Milan (27 iyul)

Barselona – Manchester Siti (30 iyul)

Milan – Real (31 iyul)

Real – Barselona (3 avgust)

Barselona – Milan (6 avgust)

Real – Chelsi (6 avgust).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic