"Barselona" Rafinyaning Olimpiada va Amerika Kubogida ishtirok etishiga qarshi emas

Aslanov Jasurbek
6 may 2016
"Barselona" murabbiylar shtabi jamoa yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraning Braziliya terma jamoasi bilan Rio-de-Janeyroda bo'ladigan Olimpiada o'yinlarida va Amerika Kubogida ishtirok etishiga qarshi emas.

Luis Enrike va uning yordamchilari bu qarorga kelgani sababi, futbolchi joriy mavsumda jarohat tufayli ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Klubdagilarning fikricha, Rafinyaning ikki turnirda ishtirok etishi unga yordam beradi.

Oldinroq Kataloniya klubi hujumchisiga faqat Olimpiadada qatnashishga ruhsat berilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca