"Barselona" Rafinya bo'yicha Saudiya Arabistonidan katta taklif olgan

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyul 2023
Saudiya Arabistoni klublari transfer bozorida qanchalik faolliklari hech kimga sir emas.

Navbatdagi nishon "Barselona"ning braziliyalik futbolchisi Rafinya bo'lishi mumkin. Jurnalist Ashrafa ben Ayadning xabar berishicha, nomi oshkor qilinmayotgan Saudiya Arabistoni klubi futbolchini o'z safida ko'rmoqchi va "Barselona"ga yaxshi taklif bilan chiqqan. 

Hozircha transfer tafsilotlari oshkor etilmayapti. 

Eslatib o'tamiz, Rafinya Dias "Barselona"ga o'tgan yoz "Lids"dan 58 mln evro evaziga ko'chib o'tgan. Futbolchining hozirgi narxi "Transfermarkt" ma'lumotiga ko'ra, 60 mln evroni tashkil qiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia