

"Yozgi oynada biz xohlagan va qo'limizdan kelganini qildik. Ko'p o'yinchilarimizga yana maydonga tushish uchun vaqt kerak. Ular jarohatdan so'ng asta-sekin qaytishmoqda. Qishda futbolchilar bilan shartnoma imzolash bizning rejalarimizda yo'q", - deb fikr bildirdi portugaliyalik mutaxassis.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionatida 9 o'yindan keyin 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Musobaqa yetakchisi "Real"ning hisobida esa 24 ta ochko bor. Jamoalar keyingi turda o'zaro bahs olib borishadi.



