"Barselona" prezidentlik saylovlari natijalarini e'lon qildi

Khoja
16 mar 2026
"Barselona" o'zining prezidentlik saylov natijalarini rasmiy veb-saytida e'lon qildi.

Amaldagi klub prezidenti Joan Laportaga jami 68.28 foiz ovoz berilgan. Uni 32 934 saylovchi qo'llab-quvvatlagan. Laportaning raqibi Viktor Font atigi 29,78% ovoz oldi, u 14 385 ta ovoz olgan. Byulletenlarning 984 tasi (2,04%) bo'sh qoldi.

Bu Laportaning uchinchi muddatga prezidentlik muddati. Ispaniyalik mutaxassis klubni 2003 yildan - 2010 yilgacha va yana 2021 yildan - 2026 yilgacha boshqargan. G'olib 1 iyuldan o'z lavozimiga kirishadi va Kataloniya klubini 2031 yilgacha boshqaradi.


KhojaMuallif
Manba: FCBarcelona.com