"Barselona" prezidentligi uchun saylovlarning yangi sanasi ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2021
Kecha "Barselona" futbol klubi prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets tomonidan yig'ilish tashkil qilindi.

Unda klub prezidentligi uchun nomzodlar - Joan Laporta, Viktor Fnt va Toni Freysha ham ishtirok etdi. 

Unga ko'ra, klub prezidentligi uchun 7 mart kuniga saylov belgilandi. Barchasi epidemiologik vaziyatga bog'liq ekanligi takidlandi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq saylov 24 yanvarga belgilangandi. Ammo Kataloniyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab ushbu saylov boshqa muddatga qoldirilgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca