

Turk futbolchisi 41 mln. evro evaziga "Barselona"ga o'tdi, ammo FIFA sankciyalari tufayli Arda yanvar oyida debyutini nishonlashi mumkin.
"Ular bizni katta muammo oldida qoldirishmoqda - futbolchi yarim yil davomida o'ynay olmaydi. Aynan Bartomeu tufayli klub FIFA sankciyalari ostida ekanligini unutmasligimiz zarur.
U klub a'zolariga hurmatsizlik qilib futbolchiga katta mablag' to'ladi. Men prezident Ramon Adel bilan suhbatlashdim va unga Turan transferi klubimizdagi demokratiyaga to'g'ri kelmasligini aytdim" - deydi Benedito.



