"Barselona" prezidenti "Real"ga qarshi o'yinni takror o'tkazishni talab qilmoqchi

Оқил Абдубарноев
23 apr 2024
Klub rahbari Ispaniya futbol federatsiyasidan Yamalning hisoblanmagan goliga oid lavha va audioyozuvlarni so'ragan.

"Santyago Bernabeu"dagi "El Klassiko"da bahslarga sabab bo'lgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning raqib darvozasiga tepgan to'pi gol sifatida inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan.

Laporta Hakamlar texnik qo'mitasi va Ispaniya futbol federatsiyasidan tegishli tasvirlar va audioyozuvlarni so'ragan.

Shuningdek, u o'z bayonotida golning haqqoniy ekanligi aniqlansa, "Barselona" qonuniy choralar ko'rishdan tortinmasligini va hatto o'yinni qayta o'tkazilishini talab qilishi mumkinligini aytdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona