"Barselona" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi va uni ijaraga berib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2022
"Barselona" vinger Abde Ezzalzuli bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirganini e'lon qildi.

Endilikda 20 yoshli marokashlik futbolchining tovon puli 200 million evro hisoblanadi. 

Abde ushbu mavsumni ijara asosida "Osasuna"da o'tkazadi. Lekin jamoada futbolchini xarid qilish huquqi yo'q. Abde o'tgan mavsumda La Ligada 10 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbarcelona.com