

Hujumkor yarim himoyachi Bilbao klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi va uning maoshi oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, Nikoni yoz davomida Barselonaga o'tishi haqida xabarlar bor edi, biroq kataloniyaliklarda ushbu transferni amalga oshirish uchun pul yo'qligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Uilyams o'tgan mavsum "Atletik" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 19 ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



