

Marca xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Atletikdan Niko Uilyams yoki Milandan Rafael Leauni sotib olishga umid qilmayapti.
Barselonaning Nike bilan hamkorlik kelishuvi deyarli hal bo'ldi, ammo bu haqda sentyabr oyi boshida e'lon qilinadi. Shu sabab kataloniyaliklar transferlarni amalga oshira olishmaydi. Agar Nike bilan shartnoma avvalroq e'lon qilinganida, yangi o'yinchi sotib olish uchun La Liganing moliyaviy qoidalarida muammo bo'lmasdi.
Shu tariqa klubning transferlar borasidagi yirik xaridlari qishga qoldirildi.



