"Barselona" Mustafiga qiziqmoqda

Alisher
24 dek 2020
"Arsenal" himoyachisi Shkodran Mustafi "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Kataloniyaliklar germaniyalik futbolchi bilan yanvarda shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi, agar tranfer amalga oshmasa, "Man Siti"dan Erik Garsiya xarid qilinadi.

Mustafi "Arsenal"dan kyetishga tayyor. U London klubida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

28 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasida 43 daqiqa harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Marca