"Barselona" moliyaviy feyr pley bilan bog'liq muammo bo'lgan taqdirda kimni qurbon qilishini tanlab oldi

Alisher
28 apr 2024
"Barselona" o'yinchisi Vitor Roke yozdayoq Kataloniya klubidan ketishi mumkin.

"Barselona" rahbariyati bunday ssenariydan qochishni xohlaydi, ammo bu ro'y berishi mumkin.

Agar kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley reglamentiga mos bo'la olishmasa, Rokeni ijaraga yuborishadi. Futbolchining o'zi kam o'yin amaliyotiga qaramay jamoada qolishni xohlaydi.

Roke "Barselona"ga qishda o'tdi. Hujumchi bu vaqt davomida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com