"Barselona" Messining maslahati bilan argentinalik futbolchini tarkibiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2023
"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniyadagilar argentinalikni, agarda jamoaga Messi qaytsa, Leo o'naydigan poziciyada harakat qila oladi deb hisoblashmoqda.

Lo Chelsoning transferiga jamoa bosh murabbiyi Xavining o'zi qiziqish bildirgan. Bir necha yil avval o'zaro suhbat vaqtida Messi Xaviga Argentina terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb aynan Lo Chelsoni aytgandi.

Moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun, "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishsa kerak.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS