"Barselona" Messi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2015, 20:50
"Barselona" Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar qilmoqda "Football Espana".

Ma'lum bo'lishicha, ushbu masala kataloniyaliklar kun tartibidan o'rin egallagan.

Eslatib o'tamiz, Messining "Barsa" bilan shartnomasi 2018 yilgacha amal qiladi. U yiliga 20 million evro maosh hamda 4-5 million evro bonuslar oladi.

Argentinalik futbolchining shartnomada ko'rsatilgan narxi 250 million evroni tashkil qiladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Espana