Barselona Manchester Yunayted futbolchisiga qiziqmoqda

Khoja
8 mar 2024
Meyson Grinvud kelasi mavsumni Barselonada boshlashi mumkin.

Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi ijara asosida Xetafeda to'p surayotgan angliyalik hujumkor yarimhimoyachini yuqori baholamoqda. Barsa huquqiy jihatdan Manchester Yunaytedga tegishli bo'lgan futbolchiga katta xarajat talab qilinmaydigan kuchayish sifatida qaramoqda.

Ma'lumot uchun, Meyson joriy mavsum La Ligada 23 o'yinda 6ta gol va 5ta assist qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: Diario Sport