"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisini nishonga oldi

Alisher
7 iyun 2021
"Manchester Siti"ning 36 yoshli yarim himoyachisi Fernandino Kataloniya klubiga o'tishi mumkin.

Tajribali yarim himoyachining xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Fernandinoning yangi shartnomasi bilan bog'liq vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

O'yinchi haligacha "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirmadi.

Fernandino o'tgan mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca