"Barselona" Lyakazett va Obameyang atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

Alisher
16 avg 2021
"Barselona" "Arsenal" hujumchilari Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyangga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar o'yinchilar atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

"Arsenal" hujumchilar bilan xayrlashishga tayyor, klub maoshlar miqdorini tushirmoqchi. "Barselona" futbolchilarning xizmatlariga qiziqish bildirdi, ammo ular dastlab bir necha o'yinchilarni sotishlari kerak. Qayd etish kerakki, Kataloniya klubi Samuel Umtiti, Miralem Pyanich va Filippe Koutinoni qo'yib yubormoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Liganing ilk doirasida "Real Sosedad" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es