"Barselona" La Liga mavsumi uchun 17 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ular orasida yangi o'yinchilar yo'q

Alisher
12 avg 2022
"Barselona" La Liga 2022/23 yilgi mavsumi uchun 17 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazdi.

Kataloniya klubi ro'yxatidan yangi o'yinchilar o'rin olmadi - himoyachilar Jyul Kunde, Andreas Kristensen, yarim himoyachilar Rafinya va Frank Kesse va hujumchi Robert Levandovski.

Qaydnomada shuningdek yangi shartnoma imzolangan o'yinchilar yo'q - himoyachi Serji Roberto va hujumchi Usmon Dembele.

Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" uch o'yinchini raqamlarsiz ro'yxatdan o'tkazdi. Bu himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Martin Breytueyt.

"Barselona" ertaga La Liga 1-turi doirasida "Rayo Valekano" bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport