

"Ko'k-anorranglilar" 29 yoshli futbolchidan yozda qutulishni rejalashtirgan edi, ammo endi poziciyasini o'zgartirdi.
Kataloniyaliklar daniyalikka 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Andreas o'tgan mavsum "Barselona"ning bor-yo'g'i 6 ta o'yinida ishtirok etdi. Himoyachi jamoa bilan birga Ispaniya chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylandi.



