

Kataloniya klubi transferlarni shu haftaning o'zidayoq yakunlash uchun futbolchilarning har biriga 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflamoqchi.
Oldinroq, "Liverpul" va "Borussiya" (Dordmund) Koutino va Dembele uchun 150 mln evrodan kam olmoqchi emasligi xabar qilingan edi.
Bundan tashqari, "Liverpul" kataloniyaliklar bilan muzokara o'tkazishni ham rad etishdi. "Borussiya" ham Dembeleni sotmoqchi emas, sababi klub unga o'rinbosar topishga ulgurmasligi mumkin.




