

O'yinchi "ko'k-anorranglilar" sport direktori Dekuning eng sevimli o'yinchilaridan biridir. Isakning "Barselona"ga o'tishi jamoadan Robert Levandovski ketgandagina amalga oshishi mumkin.
Isak joriy mavsum "Nyukasl" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assist qayd etdi. Oldinroq, OAVda ingliz klubining shvetsiyalik hujumchi 180 mln evro atrofida mablag' so'rayotgani ma'lum bo'lgandi.



