"Barselona" Kataloniyadagi kasalxonalarga yordam berdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 18:41
Rahbariyat odamni himoyalovchi kiyimlarni tibbiyot muassasalariga taqdim qildi.

"Barselona" fondi Kataloniyadagi kasalxonalarga 15 ming komplekt individual himoya vositalarini taqdim qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ayni damda Ispaniya Yevropada koronavirusni yuqtirganlar soni bo'yicha yetakchilikni o'z qo'liga olgan. Davlatda 166 mingdan  oshiq inson koronavirusdan zararlangan bo'lsa, shularning 17 mingga yaqini vafot etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCB